Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari M.Xoliqova, N.Uralova va U.Mirzakalanov shahardagi Andijon, Farg‘ona, Shirin, Bobur va Bog‘ishamol mahallalaridagi aholi tomonidan ko‘plab tushayotgan maishiy chiqindilar masalasi bo‘yicha tashrif buyurib, aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvda shaharda maishiy chiqindlilarni olib chiqish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganligi, biroq so‘nggi vaqtlarda biriktirilgan chiqindi tashish korxonalari tomonidan o‘z vaqtida maishiy chiqindilar olib chiqib ketilmayotganligi tanqid qilindi. Shahar kengashi deputatlari tomonidan mutasaddilarni axboroti eshitilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi uqtirildi. Ushbu masala shahar Kengashining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilishi yuzasidan taklif kiritildi.