Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Uchquduq tuman 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni yarashtirish oilaviy ajrimlarning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan o'rganishlar olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Sharipov tomonidan Bandligi ta’minlangan Kambag‘allikdan chiqqan oilalar o'rganildi.
“Qaliya” MFYdagi ichimlik suvi muammosi ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 5-“Qaliya” saylov okrugidan saylangan deputati B.Toshpo‘latov, Jizzax shahar “Suv ta’minoti” MCHJ bosh muhandisi S.Oripov va Nazorat inspeksiyasi tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Yangiyer” va “To‘ptolobod” ko‘chalarida yashovchi fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha qilgan murojaatlari o‘rganib chiqildi. Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida mazkur hududdagi barcha xonadonlarga bir me’yorda va barqaror ravishda ichimlik suvi yetib borishi ta’minlandi, va muammo ijobiy hal etildi. Shuningdek, deputat B.Toshpo‘latov, “Qaliya” MFY faollari M.Rasulov va J.Mannonovlar bilan hamkorlikda mahalla hududidan oqib o‘tuvchi sug‘orish arig‘ini loyqadan tozalash ishlarini tashkil etdi. Amalda oshirilgan ishlar natijasida ariq ichi tozalanib, tartibga keltirildi. Ushbu amaliy ishlar mahalla aholisi uchun qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6