Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кенгашлар фаолиятида очиқлик: Наманган медиа соҳаси вакиллари учун брифинг ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
Tuman hokimining deputatlik faoliyati: aholi manfaati va bunyodkorlik yo‘lida

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularga amaliy yechim topish, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov «Xalq yo‘li» mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif doirasida mahallada 90 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi, tuman Kengashi deputatlari, mahalla nuroniylari, soha mutasaddilari, keng jamoatchilik va mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Marosimda so‘zga chiqqan Abdulla Mamatqulov mamlakatimizda, xususan Muzrabot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari asosida ta’lim tizimini rivojlantirish, qurilish va obodonlashtirish sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Yangi davlat bog‘chasi bolajonlarni sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish, ularning bilim va iste’dodini rivojlantirish hamda kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shundan so‘ng ramziy tasma qirqilib, ishtirokchilar yangi ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Yorug‘ va shinam guruh xonalari, qulay yotoqxonalar, oshxona, musiqa va mashg‘ulot xonalari hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tuman hokimi tomonidan tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida mahalla ahli uchun dasturxon yozilib, osh tortildi.
Ayniqsa, mahalla nuroniylari ushbu muassasa «Xalq yo‘li» mahallasidagi ilk davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan xalqparvar va bunyodkor siyosat uchun minnatdorlik bildirdilar hamda ezgu tilaklarini izhor etdilar.

Mazkur zamonaviy ta’lim muassasasi «Modern Master Stroy» MChJ tomonidan sifatli qurib bitkazildi.

Bu kabi ezgu ishlar xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan deputatlik nazorati va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy faoliyatning yana bir yorqin ifodasi hisoblanadi.

Slide 1 of 9