Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva va kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayevlar tomonidan deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan "Zamondosh" mahallasida rejalashtirilgan hududiy tashrifda mahalla “yettiligi” xodimlari hamda faollar ishtirok etdi. Muloqot jarayonida mahallalar faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla raislari va “mahalla yettiligi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbatida mahallalar faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla raislari va “mahalla yettiligi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan vazifalar bilan tanishdi hamda mahalla hududida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

 Uchrashuv yakunida Kengash raisi fuqarolar bilan ochiq muloqot, saylovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidlab, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilishini bildirdi.

Slide 1 of 4