Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

 Qarashiq mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Uzun tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Xabibulla Bozorov, tuman IIB boshlig’i O’.Mustafoqulov hamda prokuratura vakillari ishtirokida Qarashiq mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 30 dan ortiq murojaatlar bildirilgan bo‘lib, ularning aksariyati ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga taalluqli bo‘ldi.

Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy yordam hamda bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar tinglandi. Hokim tomonidan mas’ullarga har bir murojaatni o‘rganib, belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.