Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
21 сентябр 2026

Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi

imgUchko‘prik tumani hokimligida "Birlashib, buyuk tarix yaratamiz" mavzusida "Ma’rifat karvoni" ilmiy-ma’rifiy loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, hojilar, oqila ayollar, nuroniylar, pedagoglar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

img#24 muhim masala 🇺🇿 Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Ana shunday yangi loyihalardan biri Uchko‘prik tumanining “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirildi. Bu yerda polipropilen qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona o‘z faoliyatini boshladi. Korxonaning ochilish marosimida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev ishtirok etib, yangi ishlab chiqarish loyihasi, uning imkoniyatlari hamda kelgusidagi istiqbollari bilan tanishdi.