Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Davlat xizmatlari sifati va iste’molchilar huquqlari o‘rganildi

Davlat xizmatlari sifati va iste’molchilar huquqlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurilib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi va qulayligi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida markaz faoliyati, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va qonuniyligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolarning xizmatlardan foydalanish jarayonidagi muammo va takliflari tinglanib, ularning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan davlat xizmatlarini xalq uchun yanada qulay, shaffof, tezkor va sifatli tashkil etish, fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda iste’molchi manfaatlarini ta’minlash muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

Fuqarolar huquqi va manfaatlarini himoya qilish — qonun ustuvorligining muhim mezonidir.

Slide 1 of 3