Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat — Vatan himoyasi muqaddas burch

Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat — Vatan himoyasi muqaddas burch

O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi, harbiy majburiyatni bajarishi hamda Qurolli Kuchlar safini shakllantirish bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mazkur qonun harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, harbiy xizmatni o‘tash tartibi, harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari hamda harbiy xizmatdan bo‘shatish masalalarini tartibga soladi.

Umumiy harbiy majburiyatni bajarish — mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tinchlik va osoyishtalikni asrashda muhim ahamiyatga ega.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati va harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish ushbu qonunning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish bilan chambarchas bog‘liq.

Vatan himoyasi — sharafli burch, yurt tinchligi esa barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir!