Mahallalar va ko‘chalar, jamoat maskanlari hamda aholi gavjum bo‘ladigan hududlarni yanada obod, ko‘rkam va shinam maskanga aylantirishga qaratilgan bunyodkorlik sa’y-harakatlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.
E’tiborlisi, ushbu xayrli va bunyodkorlik tashabbuslarida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining munosib hissasini qo‘shmoqdalar.