Toyloq tuman Kengashi faoliyati tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi
📌 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov hamda viloyat Kengashi deputati F.Toshev tomonidan Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.
📊 Uchrashuv davomida Kengashning faoliyati atroflicha tahlil qilinib, deputatlik nazorati samaradorligi, doimiy komissiyalar faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.
📝 Shuningdek, aholi manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, deputatlik nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish va Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uchrashuv yakunida Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimiga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish hamda saylovchilar bilan muloqotni yanada faollashtirish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
📌 Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish va deputatlarning hududlardagi faolligini oshirish aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni barqaror rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.