35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat nazorati

Xalq deputatlari shahar Kengashining 21-okrug deputati Muhiddin Abdullayev hamda shahar Kengashi Kotibiyatidan biriktirilgan bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva ishtirokida navbatdagi ishchi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Bu galgi o‘rganishlar hududdagi jinoyatchilikni oldini olish hamda huquqbuzarliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga qaratildi. Shu maqsadda, “Hilol” mahallasining ichki ishlar profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
🔹Inspektor tomonidan mahalla hududida olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlarining holati;
🔹 Aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish choralari;
🔹Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tarqatilayotgan tushuntirish materiallari va ko‘rgazmali vositalarning sifati.
Muhiddin Abdullayev, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati: "Mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash faqatgina birgina inspektorning emas, balki barchamizning jipslashgan holdagi ishimiz samarasidir. Profilaktika inspektorlari tomonidan aholi bilan bevosita va samimiy muloqot o‘rnatilishi, muammolar joyida hal qilinishi kelgusi qonunbuzarliklarning oldini olishda eng muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi."
O‘rganishlar yakunida mas’ul xodimga mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish hamda xavfsiz hududni yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2