#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan tumandagi geografik obyektlarga nom berish hamda ularni qayta nomlash masalasi yuzasidan mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning mazkur masala bo‘yicha fikr va takliflari tinglanib, geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlashda tarixiy merosni asrash, milliy qadriyatlarni e’tiborga olish hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bildirilgan takliflar umumlashtirilib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli organlarga taqdim etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|