35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
янв.21
Deputat nazorati: oilaviy ajrimning oldi olindi
янв.21
Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - mahalla namunali hududga aylantiriladi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_qonun

🏛 “Xo‘jayipok” mahallasida Yoshlar yetakchisi va Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo‘jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov “Xo‘jayipok” mahallasida bo‘lib, mahalla Yoshlar yetakchisi hamda Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi
PF–116-son Farmoni hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ–35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda nazorat-tahlil ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

O‘RGANISH YO‘NALISHLARI VA TAHLIL:

Yoshlar yetakchisi faoliyati:

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-406) asosida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va muammolarini hal etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi, yoshlar bandligi, ularning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiyalarning natijadorligi hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Yakunda mahalla drayverlarini rivojlantirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan soha mas’ullariga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Hokim yordamchisi faoliyati:

▫️ Aholi bandligi: Ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish choralari;

▫️ Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli va samarali sarflanishi;

▫️ Kambag‘allikni qisqartirish: Ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonbay sharoitlarini o‘rganish hamda ularni daromadli mehnatga jalb etish.

Har bir ajratilayotgan kredit va subsidiyaning aniq natijadorligiga e’tibor qaratish, mahalla drayveridan kelib chiqib yangi tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5