35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilayapti
янв.21
Ehtiyojmand oila uyi ta’mirlanmoqda
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI - AMALIY NATIJALAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi

 ✏️ “21-Oq oltin” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Laziz Turanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq o‘zi saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil ikkinchi choragida amalga
oshirgan faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi bo‘yicha axborot berdi.
 

Deputat tomonidan saylovchilarga o‘tgan davrda saylov okrugi-hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, ehtiyojmand aholi vakillariga ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy yordamlar, shuningdek bajarilgan amaliy ishlar yuzasidan aniq ma’lumotlar yetkazildi. 

🔰 Shu bilan birga, amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilinib, aholidan kelib tushgan murojaat va takliflarni o‘rganish, ularni qonun doirasida ijobiy hal etish, bu borada tegishli tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. 

▶️ Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan fikrlar, takliflar, tashabbuslar deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda inobatga olinishi ta’kidlandi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1