Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati o‘rganildi. Monitoring jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, sinf xonalari, ma’muriy va yordamchi xonalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Maktab rahbariyati va jamoasi tomonidan kuz-qish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida samarali ishlar amalga oshirilgani e’tirof etildi. Ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining yuqori saviyada tashkil etilgani yangi o‘quv yili davomida o‘quvchilarning xavfsiz, iliq va qulay muhitda bilim olishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.