35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - mahalla namunali hududga aylantiriladi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilayapti
янв.21
Ehtiyojmand oila uyi ta’mirlanmoqda
KENGASH QARORI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-23-29-11-168-K/26-sonli qarori bilan 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar tasdiqlangan.

Mazkur qarorga muvofiq, Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ayni paytda ushbu loyiha doirasida belgilangan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Kengashning mazkur hudud deputati S.Jurayeva qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan hududga chiqib, loyiha ijrosini joyida o‘rgandi. O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonlarining belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish holati yuzasidan mas'ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, Kengash qarori ijrosini to‘liq va sifatli ta'minlash, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda mavjud masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Ta'kidlanganidek, jamoatchilik tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish, byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta'minlash hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biridir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy ijrosini ta'minlash va ularning natijadorligini oshirish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3