35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan bolalarning ta’limga qamrovi ta’minlandi

Deputat tashabbusi bilan bolalarning ta’limga qamrovi ta’minlandi

📍 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Boboyeva Xilola Bo‘riyevna tashabbusi bilan saylov okrugida jazo muddatini o‘tayotgan 3 nafar ayolning farzandlari holidan xabar olinib, ularning yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli o‘rganildi.

✔️ O‘rganishlar davomida bolalarning ta’lim-tarbiya olishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi hamda ularning kelajagi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

➕Aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi va bolalarning barchasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirildi.

♾ Mazkur tashabbus bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda munosib ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

🔴 Yosh avlod manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday amaliy ishlar ularning kelajakda barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3