Tashrif davomida aholi xonadonlariga kirilib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, ijtimoiy sharoit, kommunal xizmatlar sifati, tadbirkorlik faoliyati hamda hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
️ Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fuqarolarga zarur tushuntirishlar berildi.
️ O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish maqsadida deputat nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi