Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati Nodirbek Nishonov tomonidan Cho‘lobod mahallasi hududida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori-darmon va davolanish vositalarining maqsadli yetkazilishini o‘rganish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. Mazkur so‘rov orqali 2025-yil va joriy davr mobaynida bepul dori-darmon hamda davolanish vositalarini olgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etish so‘ralgan.