ELEKTR TAQSIMLAGICHLARI YANGILANDI — HOLAT DEPUTAT NAZORATIDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 6-“Olimpiya” saylov okrugi deputati Shomansurov Temur Shaalimovich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Yoshlik” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning elektr taqsimlagichlarini yangisiga almashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlarning holati, elektr ta’minoti tizimining barqarorligi hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Mazkur ishlar aholining elektr energiyasidan barqaror va xavfsiz foydalanishini ta’minlash, ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini lozim darajada saqlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.
📚 Huquqiy asos:
🔹 “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun — O‘RQ-939-son, 2024-yil 7-avgust. Mazkur qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
🔹 “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun — O‘RQ-581-son, 2019-yil 7-noyabr. Qonun ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
📌 Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari va hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.
⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!