35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarda obodonlashtirish davom etmoqda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar va faxriylarning o'rni beqiyos
янв.21
Maktab filialida yangi o‘quv yili oldidan boshlang‘ich sinflarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi
янв.21
O‘rganuv xulosasi bilan og‘ir sharoitli oilaga yangi uy quriladi
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, rasmiy ma’lumotnoma taqdim etildi.

O‘rganish davomida Navro‘z MFY, A.Navoiy mavzesi 105/21-uyda yashovchi fuqaro M.Musayevaning oilaviy va ijtimoiy holati joyiga chiqib o‘rganildi. Fuqaroning murojaati asosida yashash sharoiti, oilaviy tarkibi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ildi.

Ma’lumotnomada qayd etilishicha, fuqaro 2026-yil mart oyida uy-joyini yangidan ta’mirlash maqsadida "Ijtimoiy reyestr" dasturiga kiritish uchun murojaat qilgan. Dastlab murojaati rad etilgan bo‘lsa-da, keyinchalik fuqaro tomonidan qayta murojaat qilinib, 2026-yil 13-iyul kuni uning yangi arizasi qabul qilingan va hozirgi vaqtda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilingan.

Deputatlik so‘rovi asosida masala mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olinib, fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli tartibda ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi