Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla mas’ullari bilan uchrashdi
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish nazorat-tahlil tadbirlari ishlari quyidagi O‘zbekiston Respublikasining 26.12.2016-yil kungi “
Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-son Qonuni hamda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 20.07.2026-yil kungi “Uchko‘prik tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalinishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi VII-32-76-11-162-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan olib borildi.

Bunda Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi (Maxkamova, Imomaliyeva, Mamadaliyev) hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari va O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari D.Nishonovalar ishtirok etishdi.

Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 20.07.2026-yil kungi VII-32-76-11-162-K/26-son qarori asosida tumandagi “Yakkatut”, “Zig‘ir” hamda “Yulg‘unzor” mahallalaridagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarida “yashil” ta’mirlash ishlari jarayonlari ko‘rib chiqildi.

So‘ngra deputatlik guruhi a’zolari ushbu o‘rganish natijalarini dastlab o‘zlarining majlis yig‘ilishida ko‘rib chiqish hamda Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasiga kiritish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Kelgusida Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari bu sohada hamkorlik ishlarini davom ettirishadi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 12