Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

Madaniyat markazida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan hududdagi Madaniyat markazining faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazda bayram tadbirlariga tayyorgarlik ishlari, badiiy jamoalar va to‘garaklar faoliyati, ijodiy chiqishlar dasturining shakllantirilishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati hamda tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Madaniyat markazi qoshidagi vokal-cholg‘u ansambli faoliyati bilan tanishilib, jamoaning Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlardagi ishtiroki va tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hududdan saylangan deputat S. Xamrayev hamda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining mahalliy budjet komissiyasi tomonidan nazoratga olinib, komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash vazifalari bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 5