Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYALARNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

DOIMIY KOMISSIYALARNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

📍 Bugun, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining uchta doimiy komissiyasi:

1️⃣ Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
2️⃣ Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
3️⃣ Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

📌 Yig‘ilish kun tartibida:
✅ Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati, ulardagi shart-sharoitlar hamda ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalar;

✅ Mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari;

✅ Hududlarda ekologik holatni yaxshilash hamda obodonlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.