Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI ANDIJON SHAHAR KENGASHI RAISI HUZURIDA ISHCHI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev huzurida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ-360-son qarori ijrosini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Kengash raisi tomonidan Xalq qabulxonasi har chorak yakunlari bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axborotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Appaqov, shahar Kengashi deputati X. Xolmatov, Xalq qabulxonasi mas'ul xodimi O. Abdulxamidov hamda shahar hokimligi devonxona va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M. Ibrohimov ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati

Slide 1 of 3