Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda
янв.21
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A. Mahkamov "Kids Academy" davlat-xususiy sherikchilik asosidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Deputat tomonidan bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Bayram tadbirida ishtirok etgan A.Mahkamov bolalarga ezgu tilaklarini bildirib, ularning sog‘lom, bilimli va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi yurtimiz taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi.

Bayramona muhitda o‘tgan uchrashuv bolajonlar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bunday tadbirlar yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda baxtli bolalikni ta’minlash yo‘lidagi ishlarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 4