O‘rganishlar davomida hududdagi yo‘llar va infratuzilma holatida qator muammolar aniqlandi:
🔅 Ayritom ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy yonida suv va oqova quvurlari shikastlanishi oqibatida yo‘l qismi cho‘kib ketgan;
🔅 “Alpomish” sport o‘yingohi va viloyat Qo‘g‘irchoq teatri oralig‘ida asfaltlash ishlari yakunlanmagan;
🔅 Piyodalar yo‘lakchasida bordyurlar yo‘qligi sababli qoplama yaroqsiz holga kelgan.
🫥 Mazkur holatlar aholi xavfsizligi va transport harakatiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
✔️ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Muammolarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.