Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan “Oqila ayollar” bilan uchrashuv

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova tashabbusi bilan Balandchaqir mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, xotin-qizlar o‘rtasida uchrayotgan muammolar, ularning sabablari hamda yechimlari muhokama qilindi. Ayollar bandligini ta’minlash, huquqiy savodxonlikni oshirish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda hamkorlikni kuchaytirish, profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish hamda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3