Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oilalar ijtimoiy sharoitlari o‘rganilmoqda

 🔹Uchko‘prik tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Turg‘oq saylov okrugidan deputat Muqimjon Dehqonov mahalla faollari ish faoliyatini o‘rgandi. O‘z saylovchilari bilan hududda yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar xususida ochiq muloqot olib bordi. Ularning muammolarini eshitdi. 

Mahalla faollari faoliyatini o‘rganish davomida: 

“Mahalla yettiligi” xodimlarining fuqarolar murojaatlari
bilan ishlash jarayoni;
 

Hududda obodonlashtirish borasidagi olib borilayotgan
amaliy ishlar;
 

Xonadonlardagi oilalarning ijtimoiy sharoitlari; 

Mahalla ko‘chalarida texnika xavfsizligining ta’minlanganlik
holati;
 

”Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan
yordamlarga e’tibor qaratildi.
 

O‘rganish natijalariga ko‘ra tegishli tashkilotlarga
deputatlik so‘rovlari yuboradigan bo‘ldi.
 

  

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1