Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari Andayev Axmad va Mamanova Karomat «Ochiq Budget» portali orqali g‘olib deb topilgan Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasidagi yangilash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida binoning zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanishi, yangi eshiklar, darvoza, hovli tartibi va hovlini sug‘orish maqsadida o‘rnatilgan suv sepish tizimi bilan jihozlanishi alohida qayd etildi. Qurilish va jihozlash ishlari yakunlanish bosqichida bo‘lib, binoning tashqi ko‘rinishi va infratuzilmasi sifat talablariga javob berishi ta’kidlandi.

Deputatlar va mutaxassislar amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, hududdagi sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yanada rivojlantirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishdagi sa’y-harakatlarning muhimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 8