Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 sentyabrda qabul qilingan, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi o‘rganildi.
Tahlil jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🏫 davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish samaradorligi;
👶 bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari va ta’lim sifati;
🤝 xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
📊 ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda yaratilgan shart-sharoitlar holati.
O‘rganishlar natijasida ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.