Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Sh.Mamarizayev tashabbusi bilan yoshlar bilan mazmunli va ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning ta’lim olish, bandlikni ta’minlash va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir bildirilgan fikr va tashabbus mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, amaliy choralar belgilab olindi.
Ayniqsa, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok ettirish va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarda Vatanga sadoqat, ertangi kunga ishonch va yuksak maqsadlar sari intilish ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.