Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi A.Aralov rahbarligida Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, deputatlarning “24 talik” faoliyati samaradorligini oshirish, deputat so‘rovlari ijrosi va ularning tahlili muhokama markazida bo‘ldi.
Shu bilan birga, kotibiyat ishini tizimli tashkil etish, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yig‘ilishlarni belgilangan muddatlarda sifatli o‘tkazish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.