Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat F.Sarimsakov tomonidan Yangikent mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, ularning sifatli amalga oshirilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan mazkur ishlar hududning tashqi qiyofasini yaxshilash, aholiga qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratish hamda mahallaning obod ko‘rinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6