Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QIRQ QISHLOG‘IDA YANGI KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
янв.21
🔹KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANISH DAVOM ETMOQDA
янв.21
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHKO‘PRIK TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Maktablarda har haftaning dushanba kuni “Kelajak soati” darslari o‘qitilayapti
янв.21
JASORAT MAKTABI - YOSHLARNI HARBIY - VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASKANI
янв.21
DEPUTAT MUSHOHADASI: SIFATLI TA’LIM - O‘QUVCHI DAVOMATIDAN BOSHLANADI
янв.21
DEPUTAT TA’LIM MUASSASASIDA
янв.21
Tuman hokimining qabulida 29 nafar fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA!
XALQ DEPUTATLARI UCHKO‘PRIK TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya ishida tumanda 2025-yilning uchinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga amal qilinishining ahvoli haqida;

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

2025-yilning uchinchi choragida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

2025-yilning uchinchi choragi davomida investisiya, eksport va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha tumandagi tashkilot va korxonalarning belgilangan ustuvor vazifalari ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 7