Xalq deputatlari tuman Kengashiga 23-Zig‘ir saylov okrugidan saylangan deputat Zarifaxon Mahkamova "Yakkatut" mahalla fuqarolar yig‘inidagi saylovchilari bilan uchrashdi. "Deputat va saylovchilar uchrashuvidagi savol-javoblar xulosasidan bilish mumkinki, aholi tomonidan berilgan savollar va murojaatlarning aksariyati uy-joy kadastri masalasida bo‘ldi",-deydi deputat Zarifaxon Mahkamova.
Mahalliy kengash deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati