Yangiliklar

KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida belgilangan mahallada 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

💧 “Tinchlik” kanalida suv resurslaridan samarali foydalanish, suv yo‘qotishlarining oldini olish, irrigatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini barqaror sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xsusan, Bag‘dod tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi mas’ulligida “Tinchlik” kanalini betonlashtirish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni paytda obyektda maxsus texnikalar va malakali mutaxassislar jalb etilgan holda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha yakunlangach, kanalning suv o‘tkazish qobiliyati oshadi, suvning sizib chiqishi natijasidagi yo‘qotishlar kamayadi hamda hududdagi ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash samaradorligi yaxshilanadi.

Slide 1 of 4