📍 Oqoltin tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida deputat tashabbusi bilan zamonaviy boks zali qurilmoqda.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati J.Mamadaliyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, boksga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov mahallada bo‘lib, boks zalining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Ushbu loyiha Bo‘ston mahallasida boks zali qurish tashabbusi ham o‘rin olgan. Qariyb 1,6 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilayotgan sport inshooti yengil konstruksiyali sendvich panellardan qurilmoqda. Sport inshootining 9-sonli umumta’lim maktabi yonida joylashgani o‘quvchilar uchun ham qulaylik yaratadi. Endilikda yoshlar o‘z mahallasida boks bilan muntazam shug‘ullanish, jismoniy chiniqish va sport mahoratini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladilar.