Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

BO‘STON MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev, bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar tomonidan Bo‘ston mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tikuvchilik sexi tashkil etilgani va uning faoliyati orqali 20 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlangani aniqlandi. Mazkur tashabbus xotin-qizlarni kasb-hunarga jalb etish, ularning daromad manbaini yaratish hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida aholi bandligini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4