Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G. Islamova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Turdiyev tomonidan Ahillik mahallasi Turkiston ko‘chasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish jarayonida fuqaro murojaati ham joyida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaat tinglanib, mavjud muammo va uning yechimi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3