FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G. Islamova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Turdiyev tomonidan Ahillik mahallasi Turkiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli binoga o‘rnatilayotgan tarnovlar oxiriga yetkazilmayotgani, shuningdek, yog‘ingarchilik vaqtida suv oqimi sababli yo‘lak qoplamasiga zarar yetishi mumkinligi bildirildi.
Mazkur holatlar yuzasidan muammolarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.