Yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI: ELEKTR TARMOQLARIGA ULASH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI O‘RGANILMOQDA

🔇 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi ijrosini o‘rganish yuzasidan rasmiy so‘rov yuborildi.

🎓 Doimiy komissiya raisi Feruz Turayev tomonidan Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari U. Salimov nomiga yuborilgan rasmiy xatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

👨‍💼 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

✅ Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha murojaatlari hamda ularning natijalari;

🤩 Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda belgilangan muddatlarga rioya etilishi;

✅ Texnik shartlarni rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash jarayonidagi muammolar;

🤩 Rad etilgan arizalar, ularning sabablari hamda kelib tushgan shikoyatlar;

✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

📊 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlarining qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rsatilishini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning bartaraf etilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.

🕊Deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash, ijroni tahlil qilish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi!

🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️DEPUTATLIK NAZORATI: ELEKTR TARMOQLARIGA ULASH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI O‘RGANILMOQDA

🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️