Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
📌 “Taroqli” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedovaning saylov okrugiga qarashli “Taroqli” mahallasida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan mahalla ijtimoiy xodimi N. Sayfiddinovaning faoliyati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi va fuqarolarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3