Yangiliklar

Kotib

Mahallada tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva tomonidan “Temuriylar” mahallasi hududida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun yaratilgan qulayliklar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va mahallada iqtisodiy faollikni oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Aniqlangan muammolarni hal etish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3