Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati N. Muxsimov tomonidan “Otchopar-1” mahalla fuqarolar yig‘inida mavjud muammolarni aniqlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini belgilash maqsadida muloqot o‘tkazildi.
🗣Suhbat davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
⚖️Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–445-son Qonun talablari asosida murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, o‘z vaqtida va xolis ko‘rib chiqish hamda murojaatchilarga asoslantirilgan javob berish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔎Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.