Yangiliklar

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #deputat_faoliyati

Aholining turmush sharoitini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish hamda hudud infratuzilmasini mustahkamlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xurram Ziyatovich Xo‘jaqulovning saylov okrugi tarkibiga kiruvchi “Ekraz” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan chora-tadbirlar va reja-loyiha doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish va montaj jarayonlarida soha xodimlari hamda mutaxassislar tomonidan mahalla ko‘chalariga yangi temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi. Shuningdek, eskirgan elektr simlarini almashtirish uchun zamonaviy SIP kabellari va kabel g‘altaklari yetkazib kelinib, montaj qilish hamda yangi tarmoqni tortish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Jarayonda xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish, transformator punktlari va tarmoq sozligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari mahalla ahlining elektr ta’minoti bo‘yicha ko‘p yillik muammolarini barham topshirishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4