Yangiliklar

#Deputat_mahallada

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 19-saylov okrugi deputati Sh.Muratov tomonidan “Mevazor” mahallasida axolining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
✅Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Zangiota tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Abdukarimov ishtirok etib, fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy sohadagi davlat siyosatining mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
📚Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlarga oid qonunlari, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda yosh avlodda qonunlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Мaqsad — axoli va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashdan iborat.

Slide 1 of 4