Yangiliklar

🌾 Mirzadala mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashiga O‘zASDPdan saylangan 9-Mirzadala saylov okrugi deputati I.Xolmurzayev hamda maxalla hokim yordamchisi bilan birgalikda mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyaning 4-bandi ijrosi yuzasidan o‘zi saylangan Mirzadala mahallasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
🔧 O‘rganish davomida qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqarish jarayoni, texnik xizmat ko‘rsatish ishlari, yaratilgan sharoitlar hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan fuqarolarning kundalik mehnati bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari va mavjud muammolari tinglandi.

Slide 1 of 2