Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI — YANGI BOZOR FAOLIYATI O‘RGANILDI

DEPUTAT NAZORATI — YANGI BOZOR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Sh. Darvishev Bunyodkor mahallasida tashkil etilgan yangi bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida bozorning faoliyati, aholi uchun yaratilgan qulayliklar hamda savdo-sotiq jarayonlari bilan tanishilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan talab va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi. Bildirilgan fikr-mulohazalar bozor faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish va savdo xizmatlari sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy maqsad — aholi manfaatlarini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hududda savdo infratuzilmasini yanada rivojlantirish!

Slide 1 of 5