Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari va Adolat sotsial demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati oʻrganildi.
Aholi salomatligini saqlash boʻyicha davlat dasturida koʻrsatib oʻtilgan vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratilganda sohada erishilgan ijobiy natijalar qatorida bir qancha kamchiliklar borligi, maʼsullarning bu boʻyicha sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Mavzuning dolzarbligini inobatga olib deputatlar tuman Kengashi sessiyasida ushbu masalani koʻrib chiqish taklifini berdi.